Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 31 avgust 2026

Qisqacha

avtochat.uz — bizneslar uchun xizmat. Biz Instagram, Telegram va sayt chatidagi yozishmalarni qabul qilamiz, ularga sun'iy intellekt yordamida javob beramiz va natijani sizning panelingizda ko'rsatamiz.

Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi tomonlarga bermaymiz.

Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

Hisobingiz haqida. Google orqali kirganingizda Google'dan ism, email manzil va profil rasmingiz olinadi. Parolingiz bizga umuman yetib kelmaydi.

Ulangan kanallar. Instagram yoki Telegram ulanganda kanal identifikatori va kirish tokeni saqlanadi. Token shifrlangan holda saqlanadi.

Mijozlaringiz yozishmalari. Ulangan kanalga kelgan xabarlar matni, yuboruvchining kanaldagi identifikatori va ko'rsatilgan ismi, hamda siz yoki AI yuborgan javoblar. Mijoz o'zi yozsa — telefon raqami.

Bilim bazasi. Siz panelga kiritgan mahsulot, narx va biznes qoidalari haqidagi matnlar.

Texnik ma'lumotlar. Sessiya cookie'si va server loglari (so'rov vaqti, manzili, IP).

Nima uchun ishlatamiz

  • Mijozlaringizga avtomatik javob berish va suhbatni panelda ko'rsatish
  • Siz sozlagan voronkalarni ishga tushirish va eslatma yuborish
  • Kontaktlar bazasini yuritish va statistika ko'rsatish
  • Xizmatning texnik ishlashini ta'minlash va nosozliklarni aniqlash

Yozishmalar reklama uchun ishlatilmaydi va boshqa mijozlarga ko'rsatilmaydi.

Kimlar bilan bo'lishamiz

Xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan quyidagi provayderlargagina:

  • Meta (Instagram) — xabarlarni qabul qilish va yuborish uchun. Meta Platform Terms qo'llaniladi.
  • Telegram — bot orqali xabar almashish uchun.
  • Google — tizimga kirish uchun (faqat autentifikatsiya).
  • Sun'iy intellekt provayderi — javob matnini tayyorlash uchun suhbat matni yuboriladi. Provayder OpenRouter orqali ishlaydi.
  • Amazon Web Services — serverlar (Frankfurt, EI).

Qonun talab qilgan hollardan tashqari boshqa hech kimga bermaymiz.

Qancha vaqt saqlaymiz

Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgunicha saqlanadi. Hisobni o'chirsangiz, unga bog'liq barcha yozishmalar, kontaktlar va tokenlar 30 kun ichida butunlay o'chiriladi. Server loglari 90 kundan keyin avtomatik o'chadi.

Sizning huquqlaringiz

  • Ma'lumotlaringiz nusxasini so'rash
  • Noto'g'ri ma'lumotni tuzatish
  • Hisobingizni va barcha ma'lumotlarni o'chirish
  • Ulangan kanalni istalgan vaqtda uzish

Instagram ulanishini Instagram ilovasining o'zidan ham bekor qilish mumkin: Sozlamalar → Sayt va ilovalar ruxsatlari. Bekor qilganingizda biz tegishli tokenni darhol o'chiramiz.

Ma'lumotlarni o'chirish uchun info@avtochat.uz ga yozing — so'rov 30 kun ichida bajariladi.

Xavfsizlik

  • Barcha trafik HTTPS orqali shifrlanadi
  • Kanal tokenlari bazada AES-256-GCM bilan shifrlangan holda saqlanadi
  • Sessiya tokenlari bazada faqat SHA-256 xeshi ko'rinishida saqlanadi
  • Instagram webhook so'rovlari raqamli imzo bo'yicha tekshiriladi

Shunga qaramay, internetda uzatiladigan hech qanday ma'lumot 100% xavfsiz emas — buni ochiq aytamiz.

Bolalar

Xizmat 18 yoshdan katta bo'lgan tadbirkorlar uchun mo'ljallangan. Biz bolalardan ataylab ma'lumot yig'maymiz.

O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida email orqali xabar beramiz.

Savollaringiz bo'lsa — info@avtochat.uz